Bizning afzalliklarimiz

Bizga buxgalteriya xizmatlari uchun murojaat qilishingizning 5 ta sababi:

  1. Biznesingizni yaqindagina ro`yxatdan o`tkazdingiz, oborotingiz kichik, shtatda buxgalter saqlash qiyinchilik tug`diradi, shunga qaramasdan hisob va hisobotning sifati yuqori darajada bo`lishini istasangiz;
  2. Sizning buxgalteringiz olayotgan foydangizni nolga tushuradigan darajadagi jiddiy xatolar qilayotgan bo`lsa;
  3. Hisobot davrida kelgan (yoki uyda ishlayotgan) buxgalteringiz o`ziga yuklatilayotgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo`lsa;
  4. Hisobning qonunchilik tezkorlik bilan o`zgarayotgan ko`p mehnat talab qiladigan uchastkalarini (masalan, ish haqi hisobi va unga mos soliq va yig`imlar hisobi) bizga yuklashingiz maqsadga muvofiq;
  5. Sizda “boshlang`ich” hujjatlar uchun buxgalter bor, Sizga esa malakali tuzilgan hisobot zarur bo`lsa.

Bizning afzalliklarimiz:

1.  Mustaqil (kasanachi, uyda ishlovchi) buxgalterlardan:

  • To`liq javobgarlik;
  • Biz mas’uliyatli davrda qochib qolmaymiz, hisobot topshirish davrida kasallanib qolmaymiz;
  • Bizning munosabatlarimiz shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

2.  Yollanma (shtatdagi) buxgalterlardan:

  • Ish o`rni ijarasi uchun, doimiy malaka oshirish uchun, doimo yangilab borishni talab qiladigan dasturiy vositalar, huquqiy bazalar, org.texnika va kabi boshqa harajatlarga zarurat bo`lmasligi hisobiga iqtisod qilish;
  • Biz kasallanmaymiz, ta’tilga chiqmaymiz, ayniqsa dekret ta’tiliga chiqmaymiz, shunga muvofiq buxgalterning o`rniga odam izlash zarurati bo`lmaydi;
  •  Fuqarolik qonunchiligi doirasida huquq, majburiyat, javobgarlik keng.

3.  Raqobatchilardan:

  • Professionalizm. Bizning jamoa xodimlari Sertifikatli amaliyotchi buxgalter (CAP) va auditor malaka sertifikatlariga ega, ularning hammasi oliy ma’lumotga va o`z mutaxassisliklari bo`yicha ish tajribasiga egalar;
  • Moslashuvchan narx belgilash siyosati (korxona faoliyat ko`rsatmaganda – xizmat ko`rsatish qiymatining kamaytirilishi);
  • O`zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari;
  • To`la maxfiylik;
  • Buxgalterlarimizga ko`p ish yuklanmaganligi (xodimlarning ish bilan ta’minlanganlik holati hisobni operativ tarzda, xato va kamchiliklarsiz yuritishga imkon beradi).