Boshqa xizmatlar

Buxgalteriya hisobini yuritish

“Nollik” hisobot

Hisobotlarni tayyorlash

Buxgalteriya hisobini tiklash 

Shartnomalar tahlili

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish

Konsultativ xizmatlar 

Boshqa xizmatlar

1.     Ro`yhatdan o`tish davrida soliqni rejalashtirish.

Firmani tashkil qilishning dastlabki davrida uni rivojlantirishning biznes rejasi tuziladi. Unga ko`zda tutiladigan daromad va xarajatlar kiritiladi. Biznesni tashkil qilishdan samara, naf ko`ringan holatdagina biznesni qayd qilishga kirishish mumkin. Ammo ko`pincha muhim bo`lgan detal soliqqa tortish masalasini yoddan chiqarishadi. Soliqlar harajatlarning katta qismini (70 %gacha) tashkil qilishi mumkin. SHuning uchun biznesni tashkil qilish jarayonida soliqni rejalashtirish orqali kelgusi faoliyatning xarajatlarini qisqartirish mumkin. Soliqni rejalashtirish ko`pchilik holatlarda mulkchilik va tashkiliy-huquqiy (YaT, XK, MChJ, YoAJ, OAJ) shakllarini hamda soliqqa tortishning qulay (umumbelgilangan yoki yagona soliq tizimi) tizimini tanlashga yordam beradi.

Bizning jamoa biznesning kelgusida soliq yukini hisoblash va imkoniyat darajasida soliqni optimallashtirishni taklif qiladi. Biz optimallashtirishning faqatgina qonuniy usullarini qo`llaymiz.

2.     Ishga qabul qilish uchun buxgalteriya xodimlarini izlash va test qilish.

Ushbu xizmat turi malakali xodimlarni qidirish va uni biz tomonimizdan ishlab chiqilgan alohida test sinovidan o`tkazishni ko`zda tutadi.