Bizning afzalliklarimiz

Bizga buxgalteriya xizmatlari uchun murojaat qilishingizning 5 ta sababi:

  1. Biznesingizni yaqindagina ro‘yxatdan o‘tkazdingiz, oborotingiz kichik, shtatda buxgalter saqlash qiyinchilik tug‘diradi, shunga qaramasdan hisob va hisobotning sifati yuqori darajada bo‘lishini istasangiz;
  2. Sizning buxgalteringiz olayotgan foydangizni nolga tushuradigan darajadagi jiddiy xatolar qilayotgan bo‘lsa;
  3. Hisobot davrida kelgan (yoki uyda ishlayotgan) buxgalteringiz o‘ziga yuklatilayotgan majburiyatlarni bajarmayotgan bo‘lsa;
  4. Hisobning qonunchilik tezkorlik bilan o‘zgarayotgan ko‘p mehnat talab qiladigan uchastkalarini (masalan, ish haqi hisobi va unga mos soliq solish va yig‘imlar hisobi) bizga yuklashingiz maqsadga muvofiq;
  5. Sizda “boshlang‘ich” hujjatlar uchun buxgalter bor, Sizga malakali tuzilgan hisobot zarur bo‘lsa.

Bizning afzalliklarimiz:

1.  Mustaqil (kasanachi, uyda ishlovchi) buxgalterlardan:

  • To‘liq javobgarlik;
  • Biz mas’uliyatli davrda qochib qolmaymiz, hisobot topshirish davrida kasallanib qolmaymiz;
  • Bizning munosabatlarimiz shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

2.  Yollanma (shtatdagi) buxgalterlardan:

  • Ish o‘rni ijarasi uchun, doimiy malaka oshirish uchun, doimo yangilab borishni talab qiladigan dasturiy vositalar, huquqiy bazalar, org.texnika va shu kabi boshqa xarajatlarga zarurat bo‘lmasligi hisobiga iqtisod qilish;
  • Biz kasallanmaymiz, ta’tilga chiqmaymiz, ayniqsa dekret ta’tiliga chiqmaymiz, shunga muvofiq buxgalterning o‘rniga odam izlashni zaruiriyati bo‘lmaydi;
  • Fuqarolik qonunchiligi doirasida huquq, majburiyat, javobgarlik keng.

3.  Raqobatchilardan:

  • Professionalizm. Bizning jamoa xodimlari Sertifikatli amaliyotchi buxgalter (CAP) va auditor malaka sertifikatlariga ega, ularning hammasi oliy ma’lumotga va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish tajribasiga egalar;
  • Moslashuvchan narx belgilash siyosati (korxona faoliyat ko‘rsatmaganda - xizmat ko‘rsatish qiymatining kamaytirilishi);
  • O‘zaro manfaatli sherikchilik munosabatlari;
  • To‘la maxfiylik;
  • Bizning buxgalterlarimizga ko‘p ish yuklanmaganligi (xodimlarning ish bilan ta’minlanganlik holati hisobni operativ tarzda, xato va kamchiliklarsiz yuritishga imkon beradi).