Buxgalteriya hisobini yuritish

Buxgalteriya hisobini yuritish “Nollik” hisobot Qurilish tashkilotlari reytingini yaxshilash
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish Hisobotlarni tayyorlash Konsultativ xizmatlar
Buxgalteriya hisobini tiklash Shartnomalar tahlili Boshqa xizmatlar


Buxgalteriya xizmatining bu turi o`z ichiga hisobotlarni tuzish va topshirish, olib borilayotgan faoliyat turi bo`yicha soliq ajratmalarini optimallashtirishga oid maslahatlar berishdan iborat buxgalteriya hisobini to`liq (kompleks) yuritishni oladi.

Hisobni yuritish bo`yicha shartnoma imzolangandan so`ng hujjatlarni taqdim qilish grafigi va tartibi kelishiladi. Buxgalteriya hizmati ko`rsatish narxi hujjatlarni taqdim qilish shakli (qog`oz yoki elektron) va yetkazib berish tartibi (o`z kuchingiz bilan yoki bizning kuchimiz bilan)ga bog`liq holda o`zgaradi.

Hisobni yuritish xizmati kompleks (to`liq) holda, yoki mehnat ko`p talab qiladigan ayrim uchastkalar (masalan, ish haqi hisobi, moliyaviy va soliq hisobotlarini tayyorlash) bo`yicha ko`rsatilishi mumkin.